Kontent qismiga oʻtish

Limfa tugunlari sili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sil limfadeniti („limphadenitis tuberculoza“) xirurgik sil bilan ogʻrigan barcha bemorlarning qariyb uchdan bir qismini shikastlantiradi. Bronxial sil (kasallik nafas olish yoʻllari orqali yuqadi), mezenterial sil (kasallik hazm organlari orqali yuqadi) va boʻyin limfa tugunlari sili (koʻpincha kasallik boʻyin limfa tugunlarini, jagʻ osti va oʻmrov usti limfa tugunlarini zararlantiradi) farqlanadi.

Kasallik 4 bosqichdan iborat: 1-bosqich boshlangʻich, infiltrativ; 2-bosqich kazeoz; 3-bosqich abssesslangan; 4-bosqich; oqma yarali (yarali).[1]

Klinik manzarasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashqi limfa tugunlari silining klinik kechishi oʻziga xos simptomlarning yoʻqligi bilan farqlanadi. Koʻpchilik hollarda bemorlarning umumiy ahvoli qoniqarli darajada boʻladi. Tashqi limfa tugunlati sili diagnostikasida anamnez muhim ahamiyatga ega. Kasallik xronik tarzda kechadi. Bemorning umumiy ahvoli qoniqarli boʻladi. Harorat subfebril boʻladi. Baʼzan limfa tugunlarining bir yoki ikki tomonlama yalligʻlanishi kuzatiladi. Kamdan-kam hollarda jarayon zoʻraygani aniqlanadi, kasallik mavsumiy xarakterga ega: yozda limfa tugunlari kichrayadi, qishda esa kengayadi.[2]

Differensial diagnozi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasallikni aktinomikoz, limfogranulematoz, limfosarkoma va boshqa ayrim qon kasalliklaridan farq qilish lozim.[3]

Konservativ va jarrohlik yoʻli bilan davolash usullaridan foydalaniladi. Konservativ davo boshqa sil kasalliklarini davolash usullariga oʻxshab ketadi. Davolashda gelioterapiyadan, ultrabinafsha va rentgen nurlariga solishdan, geliy-neon lazer terapiyasining kuchsiz dozalaridan foydalaniladi. Antibakterial preparatlar keng qoʻllanadi. Qon tomirlar, boʻyin asab tolalari ezilgan yoki nafas olish yoʻllaridagi limfa tugunlari kattalashganda limfa tugunlari konglomerati ekstirpatsiyasi amalga oshiriladi. Operatsiyadan oldingi va keyingi davrda maxsus antibakterial preparatlar keng qoʻllanadi.[3]

  1. Ubaydullayev. Tashqi limfa tugunlari sili, Toshkent, 2009 — 392-bet. 
  2. Tursunov. Limfa tugunlari sili. Toshkent: Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, 1999-yil — 270-bet. ISBN 978-5-638-01272-9. 
  3. 3,0 3,1 Oripov. Limfa tugunlari sili, 2, Toshkent: Yangi asr alodi, 2008-yil — 453-bet. ISBN 978-9943-08-238-0.