Kontent qismiga oʻtish

Limerik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Limerik — Irlandiyaning jan.gʻarbiy qismidagi shahar. Limerik grafligining maʼmuriy markazi. Aholisi 80 ming kishi (1990-yillar oxiri). Temir yoʻl stansiyasi. Shannon daryosi estuariysidagi port. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qayta ishlanadigan va savdo qilinadigan markaz. Mashinasozlik, elektrotexnika, tikuvchilik, koʻn-teri, qurilish materiallari, radioapparaturalar ishlab chiqarish korxonalari mavjud. Nafis tur toʻqiladi. Kartinalar galereyasi bor. 9— 17-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil