Lillian Eichler Uatson
Lillian Eichler Uatson | |
---|---|
Lillian Eichler | |
Tavalludi |
1901/1902 |
Vafoti |
1979-yil 25-iyun (77 yoshda) Los Angeles, Kaliforniya, AQSH. |
Kasbi | Ijodkor va reklama matn muallifi |
Faoliyat yillari | 1919–1970 |
Turmush oʻrtogʻi | Dr. Tobias Watson MD (m. 1928) |
Lillian Eichler Uatson (1901/1902 - 1979-yil 25-iyun) – amerikalik reklama matn mualilifi va odob-axloq bo‘yicha eng ko‘p sotilgan kitoblar muallifi edi. Uning 1921-yilda nashr etilgan va reklama kampaniyasi yaratgan birinchi odob-axloq kitobi Again She Orders – „A Chicken Salad, Please“ tezda va eng ko‘p sotilgan kitob bo‘ldi va undan keyin bir nechta yangilangan jildlar va ko‘plab boshqa kitoblari chiqdi.
Lillian Eichler tamonida yaratgan ko‘plab muallif matnlari reklama kampaniyalarida asosan ijtimoiy xavotirga ega boʻlgan mavzularga qaratilgan edi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lillian Eichler Uatson 1901 yoki 1902-yilda tug‘ilgan[manba kerak]. Uning Charlotte va Sidney ismli opasi va akasi[manba kerak], Lillian Eichlerdan yetti yosh kichik[1] Alfred va Julian ismli ikkita ukasi bor edi[manba kerak]. U Morris o‘rta maktabida o‘qigan[2].
Lillian 1919-yilda Manxettendagi Ruthrauff & Ryan reklama agentligi bilan ish yuzasidan intervyu oldi[3][4].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kopirayter
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kollejga borish uchun yetarli pulga ega bo‘lmagan[manba kerak] Eichler 1919-yili o‘smirlik chog‘ida[3][4][5] oilasining yordami bilan Manxetten reklama agentligi Ruthrauff & Ryanga ishga qabul qilingan. Dastlab ular ayollarni yoki yahudiylarni ishga qabul qilmasliklarini aytishdi, ammo Lillian Eichler Uatsonning portfoliosi ularni hayratga soladi[manba kerak].
Uning birinchi ishdagi topshiriqlaridan biri bu Rinso kir sovuni uchun reklama matnini yozish va mashhur Rinso qo‘shigʻini yaratish edi ("Rinso oq, Rinso oq, baxtli kichik yuvish kuni qo‘shig‘i")[6]:81 Lillian Eichler Rinso brendi uchun taxminan o‘n yil davomida reklama matnlarini yozdi[7].
Agentlikning yangi mijozlaridan biri – Nelson Doubleday nashriyot kompaniyasi edi. O‘sha paytda 18 yoshli Eichlerga boshligʻi Emili Xolt tomonidan 1900-yilgacha bo‘lgan Evermanning Odob-axloq ensiklopediyasining qolgan 1000 nusxasini sotishga harakat qilish vazifasi topshirildi[3][2]. Eichler Uatson boshlovchining dasturxoniga qahvani to‘kayotgan mehmon ko‘rsatilgan „Sizda shunday bo‘lganmi?“ sarlavhasi bilan reklama yaratdi va ijtimoiy noqulaylik haqidagi tabiiy ishonchsizliklarga murojaat qilish uchun mo‘ljallangan matn bilan davom etdi[2] :
Agar siz kechki ovqat paytida mehmon bo‘lsangiz va bir stakan qahvani toʻkib yuborsangiz, nima qilgan bo‘lardingiz? Siz uy bekasiga murojaat qilib: "Ma’zur tuting," deysizmi? Butun kompaniya oldida uzr so‘raysizmi? Bu voqeani butunlay e’tiborsiz qoldirasizmi? Qaysi yo‘l dan borish to‘g‘ri?
— Lillian Eichler
Uning qilgan rejasi shunchalik muvaffaqiyatli bo‘ldiki, inventar tezda sotildi, ammo kitoblarning ichida qadimiy maslahatlar, rasmlar va soʻzlar mavjud boʻlgani bois aksariyati tezda qaytarildi[3][6][2].
Eichler reklama matnlarini yozishda davom etdi, jumladan Cocomalt reklamasi bilan ishlagan vaqt davomida brendning vitamin qo‘shimchasini sotishga bo‘lgan yondashuvini „quyosh nurida yoritilgan bolalar tasvirlariga“ e’tibor qaratishdan tortib, to‘yib ovqatlanmagan bolalar omma oldida o‘zini yomon tutgani uchun onalar jamoat oldida xijolatga tushgan reklamalargacha o‘zgartirdi[8][9][1].
Ruthrauff & Ryan reklama agentligi uchun yana bir tashvish manbai boʻlgan Lifebuoy sovuniga Lillian Eichler tomonidan tana hidiga urgʻu bergan holda bir qator reklama matnlarini yozadi[2].
1935-yilga kelib, 32 yoshli Eichler akasi Alfredni Ruthrauff & Ryan agentligida butun mijozlar ro‘yxatini „g‘oya egasi“ bo‘lishiga erishish uchun o‘z hisoblarini boshqarishga o‘rgatdi[1].
Shaxsiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Doubleday marketing kampaniyasining muvaffaqiyati odob-axloq haqidagi kitob uchun bozor mavjudligini tushundi va agar Eichlerning reklama nashri kitobni sotishi mumkin bo‘lsa, u kitobni o‘zi ham yozishi mumkinligini tushundi[3][4][2]. Lillian Eichler kitobni ish vaqtidan ikki oy o‘tgach yoza boshladi[4][2].
Eichlerning 1921-yilda qayta tahrirlangan „Odoblar kitobi“[10]zamonaviyroq bo‘lib, amerikaliklarning to‘g‘ri xulq-atvorini o‘rganishni xohlovchi yosh muhojirlarga moʻljallangan edi[4]. Shuningdek, u „Shov-shuvli muvaffaqiyat“[11](p173) deb ta’riflangan va Again She Orders – „A Chicken Salad, Please“ sarlavha ostida reklama ham yozgan: hamda 1949-yildagi birinchi nashridan 2013-yildagi eng so‘nggi nashrlarigacha o‘nlab nashrlari Julian Uotkinsning Eng zo‘r 100ta reklamasiga kiritilgan[3][6]:67.
Adabiyotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- The Book of Etiquette (1921),[10] later reprinted as The Standard Book of Etiquette[12]
- Etiquette Problems in Pictures[13]
- Well Bred English (1926)[4][14]
- The Book of Conversation [1]
- Charles Dickens[15][16]
- The Customs of Mankind[1][17]
- Wee Moderns[18]
- Still Born[18]
- The Standard Book of Letter Writing (1948)[19][20]
- Light From Many Lamps (1951)[21][22]
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lillian Eichler Uatson 1928-yilda Tobias F. Uatsonga turmushga chiqdi va ikki farzandli boʻladi[3]. 1941-yilda Eichler va Uatson Jackson Heights, Queens[23] shahrida 20 xonali Tudor uslubidagi uy qurdilar, u diqqatga sazovor joy deb e’lon qilindi, ammo 2011-yilda uni asrab qolish uchun muvaffaqiyatsiz urinishlardan so‘ng Nyu-York shahri tomonidan buzib tashlandi[24] .
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Berchtold, William E. „The Men Who Sell You“. New Outlook (1935-yil yanvar). 2022-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-fevral.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 Caroll, Sydney (9 March 1939). "Inside New York". Ken: 82–84.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 3,7 Watkins, Julian Lewis. The 100 greatest advertisements, who wrote them and what they did. (English). New York: Moore Pub. Co., 1949 — 66–67-bet. OCLC 891222. Qaraldi: 2022-yil 12-fevral.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 Claridge, Laura P.. Emily Post: Daughter of the Gilded Age, Mistress of American Manners, 1st, New York: Random House, 2008 — 246, 262–265, 279-bet. ISBN 978-0-375-50921-6. OCLC 191922875.
- ↑ Schlesinger, Arthur M. Learning how to behave: a historical study of American etiquette books (English). New York: Cooper Square Publishers, 1975. OCLC 911880466. Qaraldi: 2022-yil 24-fevral.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 Watkins, Julian Lewis. The 100 Greatest Advertisements: Who Wrote Them and What They Did, 2nd, New York: Dover Publications, 2013. ISBN 978-0-486-20540-3. OCLC 13868567.
- ↑ Watkins, Julian Lewis. The 100 greatest advertisements: who wrote them and what they did (English). New York; London: Dover : Constable, 1959 — 67, 81-bet. ISBN 978-0-486-20540-3. OCLC 1023884709.
- ↑ Berchtold, William E. „The Men Who Sell You“. New Outlook (1935-yil yanvar). 2022-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-fevral.
- ↑ Marchand, Roland. Advertising the American Dream: Making Way for Modernity, 1920-1940 (en). University of California Press, 1985-09-16 — 308–309+-bet. ISBN 978-0-520-05885-9.
- ↑ 10,0 10,1 Sivulka, Juliann. Ad Women: How They Impact What We Need, Want, and Buy (en). Prometheus Books, 2012 — 112-bet. ISBN 978-1-61592-068-6. Qaraldi: 2022-yil 6-fevral.
- ↑ Worstell, Robert C.; Schwab, Victor O.. How to Write a Good Ad – Masters of Marketing Secrets: A Short Course In Copywriting (en). Lulu.com, 2014-05-30. ISBN 978-1-312-10023-7. Qaraldi: 2022-yil 6-fevral.
- ↑ „New Volume on Etiquette“ (en). Lexington Herald-Leader (1948-yil 7-noyabr). 2022-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-fevral.
- ↑ Bramen, Carrie Tirado. American Niceness: A Cultural History, Cambridge, Massachusetts, 2017. ISBN 978-0-674-97649-8. OCLC 972736391. Qaraldi: 2021-yil 27-dekabr.
- ↑ Watson, Lillian Eichler „Well-bred English / by Lillian Eichler“. Doubleday, Page & Company (1926-yil 27-dekabr).
- ↑ „Charles Dickens : An appreciation of his books and a guide to their reading“ (1926).
- ↑ „Lillian Eichler Watson“. Open Library. 2021-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-dekabr.
- ↑ Eichler, Lillian „Customs Of Mankind“ (1924-yil 27-dekabr).
- ↑ 18,0 18,1 „Lillian Eichler Watson“. 2022-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-fevral.
- ↑ Rockwell, Sandra. „Thank you notes“. Fort Lauderdale News (1968-yil 1-sentyabr), s. 69. 2022-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-fevral.
- ↑ Eichler, Lillian. Lillian Eichler Watson's Standard Book of Letter Writing and Correct Social Forms. Prentice-Hall, December 27, 1966. OCLC 1546409. Qaraldi: 2021-yil 26-dekabr.
- ↑ Watson, Lillian. Light from Many Lamps. Simon and Schuster, January 15, 1988. ISBN 9780671652500. Qaraldi: 2021-yil 26-dekabr.
- ↑ Williams, Emma Inman. „Treasury of Stories and Poems Helps People Help Themselves“. The Jackson Sun (1951-yil 30-sentyabr), s. 24. 2022-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-fevral.
- ↑ Hirshon, Nicholas „Proposal to Demolish Queens Mansion to Make Way for New Middle School Angers Preservationists“. New York Daily News (2011-yil 14-iyun). 2021-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-dekabr.
- ↑ Hirshon, Nocholas „Memories of a Mansion: Meet to Lament Loss of Home in Jackson Heights“. New York Daily News (2011-yil 26-avgust). 2021-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-dekabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- VikiOmborda Lillian Eichler Uatson mavzusi boʻyicha mediafayllar bor