Lill
Qiyofa
(Lilledan yoʻnaltirildi)
Lill [1] — Fransiyaning shimoliy qismidagi shahar. Nor [2] departamentining maʼmuriy markazi. Dyol daryosi sohilida joylashgan. Transport yoʻli va avtomobil yoʻllari tuguni, daryo porti. Aholisi 191 ming kishi (1999). Shimoliy sanoat rayonining markazi. Toʻqimachilik sanoati rivojlangan. Ogir mashinasozlik, kimyo (mineral oʻgitlar, boʻyoq, kislotalar, sunʼiy tola ishlab chiqarish), oziq-ovqat sanoati kor-xonalari mavjud. Universitet (1530), musiqa akademiyasi, metropoliten bor. 15—17-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. Shaqarga 11-asrda asos solingan.[3]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ fransuzcha: Lille, niderlandcha: Rijsel
- ↑ fransuzcha: Nord
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- VikiOmborda Lill mavzusi boʻyicha mediafayllar bor
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |