Likvatsiya
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Likvatsiya (lot. liquatio — suyuqlanish, erish) — temperatura pasayganda bir jinsli suyuq magmaning bir-biriga aralashmaydigan turlicha tarkibli ikki eritmaga ajralish jarayoni. Ushbu hamirga oʻxshash suyuq magmaning kristallanishi natijasida tarkibi boʻyicha har xil mineral agregatlar (togʻ jinslari va rudalar) hosil boʻladi, mas, asosiy magmadan sulfidli eritma ajralishi L. natijasidir. Ayrim olimlar (Levinson-Lessing, Deli, Niggli va boshqalar) L.ni magmaning kristallanishigacha boʻlgan differensia-siyasining asosiy usullaridan biri deb hisoblaydilar, boshqalar (Belyankin, Greyg, Fogt va boshqalar) eksperimental maʼlumotlarga asoslanib likvatsi-yali konlarni hosil boʻlishiga olib keladigan bu jarayon fakat sulfid silikatli erigan krrishmalardagina boʻlishi mumkin deb fikr yuritadilar.
Silikatlar (ayniqsa, uchuvchi komponentlar — bor, suv, ftorga boy silikatlar)dagi L. hodisasini amerikalik (O.F.Tatl, J.Fridman) va rus geologlari (D.P.Grigoryev, O.A.Yesin, Ya.I.Olshanskiy va boshqalar) tajribada aniqlashgan. Oʻzbekistondagi koʻpchilik togʻ jinslari va foydali qazilma konlari L. natijasida paydo boʻlganligi aniklangan. Amerikalik olim E. Rodderning (1969) fikricha, Gavayi o.dagi bazaltlar va Oydagi vulkan jinslarining paydo boʻlishida L. muhim rol oʻynagan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |