Kontent qismiga oʻtish

Likvatsion konlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Likvatsion konlar - tarkibida metall sulfidlar mavjud boʻlgan mag-maning sovishi va kristallanishidan hosil boʻlgan foydali qazilma uyumlari. Likvatsiya natijasida silikatli va sulfidli eritmalar hosil boʻladi. Silikatli eritmani sovib qotishida gabbro-peridotitli magmatik jinslar, sulfidli eritmaning kristallanishida esa sulfid rudali konlar hosil boʻlgan. Bunday konlar likopchasimon massivlarning tub qismida tashkil topgan. Sulfidli mis-nikel Likvatsion konlar kengroq tarqalgan, ularning tarkibida koʻp miqdorda pirrotin, pentlandit, xalkopirit va bir oz magnetit, kobalt hamda platinoid minerallari boʻladi. Rudalar massiv va xoldor tuzilishida. Sulfidli mis-nikelli Likvatsion konlarni ichida eng yirik va rudaga boylari maʼlum va ular mis, nikel, kobalt va platinoidlarni qazib olishda asosiy manba hisoblanadilar (mas, Rossiyada Norilsk, Talnax, Pechenga, Kanadada Sadberi, Avstraliyada Kambal konlari).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil