Lev Oshanin
Qiyofa
Lev Vasilyevich Oshanin (1884.7.3 — Toshkent — 1962.9.1) — antropolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1959). Professor (1935), biologiya fanlari doktori, (1939). Oʻrta Osiyo universiteti antropologiya kafedrasi mudiri (1939—60). Oʻrta Osiyo antropologiyasi asoslarini ishlab chiqqan. Oshanin Oʻrta Osiyo hududida 2 yevropeoid antropologik tip: zakaspiy va ikki dare oraligʻi irqi (qarang Pomir Fargʻona irqi)ni ajratgan, shuningdek, turkmanlarni skif-sarmatlardan kelib chiqqanligi haqidagi gipotezani asoslab bergan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |