Kontent qismiga oʻtish

Lessirovka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lessirovka (nem. lasieren — sirlash, sir bilan qoplash) — rangtasvir asarini yakunlovchi nozik boʻyoq qatlami. Chala qurigan yoki qurigan qalin boʻyoqlar ustidan beriladi. Bu usul ranglar turlanishini oʻzgartirish, kuchaytirish, yengillatish, koloritni boyitish, ularning uygʻunligi va mutanosibligiga erishish maqsadlarida qoʻllanadi. Ayniqsa, 16—19-asrlarda yaratilgan asarlar L. bilan tugallangan. Hozirgi davrda oʻzbek rassomlari (jumladan, Sh. Abdurashidov, M. Nuriddinov, A.Aliqulov. Sh. Qoʻziyeva va boshqalar) ijodida rangtasvir asarlari yaratish jarayo-nida qisman yoki toʻliq qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil