Leslie Uggams
Leslie Uggams | |
---|---|
Tavalludi |
Leslie Marian Uggams 5-may 1943-yil |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | aktrisa, boshlovchi, qoʻshiqchi |
Faoliyat yillari | 1950-yildan |
Turmush oʻrtogʻi | Grahame Pratt |
Leslie Uggams (talaffuzi: Lesli Aggams, 1943-yil 25-may) – Emmy va Tony mukofotlariga sazovor boʻlgan amerikalik aktrisa va qoʻshiqchi, Brodvey musiqiy filmlarida ishtirok etish orqali katta muvaffaqiyatiga erishgan. Leslie 1977-yilda „Roots“ mini-serialidagi Kizzy Reynolds roli bilan ham mashhur boʻlgan boʻlib, bu roli tufayli Emmy va Oltin globus mukofotlariga sazovor boʻlgan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Leslie Uggams Nyu-York shahrida tugʻilgan va Juilliard maktabida oʻqigan. 20-asr 50-yillaring mashhur qoʻshiqchisi Hill Jonesning qizi boʻlib, Leslie oʻz faoliyatini bolaligidayoq televideniyedagi rollari orqali boshlagan[1].
1968-yilda Uggams Hallelujah, Baby musiqiy filmidagi roli uchun eng yaxshi aktrisa nominatsiyasida Tony mukofotini qoʻlga kiritgan[2]. Keyingi yili aktrisa oʻzining shaxsiy teleshovusiga ega boʻlib, milliy televideniyedagi birinchi afro-amerikalik ayol boshlovchiga aylandi[3]. 20-asr 70-yillarida oʻzining aktrisalik faoliyatiga eʼtibor qaratdi va „Skyjacked“ (1972), „Black Girl“ (1972) va „Poor Pretty Eddie“ (1975) filmlarida suratga tushdi.
Leslie Uggamsning faoliyatidagi eng katta muvaffaqiyati 1977-yildagi "Roots " mini-serialidagi Kizzy bosh roli boʻlgan, serial tanqidchilar va tomoshabinlar orasida katta muvaffaqiyatiga erishgan va televideniye tarixidagi eng koʻp koʻrilgan uchta seriallardan biri hisoblanadi[4]. Bu rol aktrisaga miniserial yoki filmdagi eng yaxshi aktrisa nominatsiyasida Emmy mukofoti hamda drama janridagi eng yaxshi aktrisa nominatsiyasida Oltin globus mukofotini qoʻlga kiritishga sabab boʻlgan[5]. Ikki yil oʻtgach, aktrisa yana bir Backstairs at the White House yirik mini-serialida rol oʻynagan[1].
XX asr saksoninchi yillaridan boshlab Uggams teatrda ishlashni afzal koʻrib, nomuntazam ravishda kino va seriallarda rol oʻynagan. 2001-yilda King Hedley II[2] filmidagi roli uchun yana bir bor Tony mukofotini oldi. 1983-yilda oʻzining boshqa shaxsiy shousi boshlovchisi sifatida Emmy mukofotini qoʻlga kiritdi[5].
2016-yilda Uggams Deadpool filmidagi roli bilan kinoga qaytdi. Keyinchalik, aktirisa Empire serialida Luciousning goʻyoki vafot etgan onasi rolini oʻynashga taklif qilingan[6].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1965-yilda oʻzining menejeri Grahame Prattga turmushga chiqgan[7][8].
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Filmlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Nomi | Roli |
---|---|---|
1962 | Two Weeks in Another Town | Chanteuse |
1972 | Skyjacked | Lovejoy Wells |
Black Girl | Netta | |
1975 | Poor Pretty Eddie | Elizabeth 'Liz' Wetherly |
1993 | Sugar Hill | Doris Holly |
2009 | Toe to Toe | Grandma |
2014 | Just the Three of Us | Regina |
2016 | Deadpool | Blind Al |
2018 | Deadpool 2 | Blind Al |
2021 | The Ravine | Joanna |
2022 | Nanny | Kathleen |
Dotty & Soul | Dotty | |
2023 | American Fiction | Agnes Ellison |
2024 | Deadpool & Wolverine | Blind Al |
Teleseriallari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Nomi | Roli |
---|---|---|
1966 | Hullabaloo | Herself |
1966 | The Girl from U.N.C.L.E. | Natasha Brimstone |
1967 | I Spy | Tonia |
1969 | The Leslie Uggams Show | Herself |
1970 | Swing Out, Sweet Land | Saloon Singer |
1972 | The Mod Squad | Dina Lane |
1974 | Marcus Welby, M.D. | Laurie Williams |
1977 | Roots | Kizzy Reynolds |
1979 | Backstairs at the White House | Lillian Rogers Parks |
1981 | Sizzle | Vonda |
1982–1984 | Fantasy | Host |
1984 | Magnum, P.I. | Alexis Carter |
1987 | Hotel | Amanda Price |
1981–1987 | The Love Boat | Callie Reason, Leslie Uggams, Marion Blake |
1991 | The Cosby Show | Kris Temple |
1993 | A Different World | Dr. Eileen Redding |
1995 | Under One Roof | Geneva |
1996 | All My Children | Rose Keefer |
2011 | Memphis Beat | Estelle |
2011 | The Good Wife | Suzanne Packer |
2015 | Nurse Jackie | Vivian |
2016–2020 | Empire | Leah Walker |
2017 | The Immortal Life of Henrietta Lacks | Sadie |
2021 | The Bite | Dr. Hester Boutella |
2021 | Family Guy | Herself |
2019–2022 | New Amsterdam | Mama Reynolds |
2023 | Extrapolations | Isabel Zucker |
2023 | My Dad the Bounty Hunter | Grandma |
2024 | Fallout | Betty Pearson |
TBA | The Gilded Age | Mrs. Ernestine Brown |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Leslie Uggams - Biography“. AllRovi. 2013-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-mart.
- ↑ 2,0 2,1 „Leslie Uggams“. Internet Broadway Database. 2013-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-mart.
- ↑ „The Leslie Uggams Show“. The Museum of Broadcast Communications. 2013-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-mart.
- ↑ „Roots“. The Museum of Broadcast Communications. 2013-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-mart.
- ↑ 5,0 5,1 „Awards for Leslie Uggams“. Internet Movie Database. 2013-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-mart.
- ↑ „Schmoozing with Sinatra and The Beatles: The Amazing Life & Career of Leslie Uggams, Deadpool's Secret Weapon“ (2016-yil 18-fevral). 2016-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-iyun.
- ↑ „Leslie Uggams' Amazing Love Story: How Her 53-Year Interracial Marriage Defied the Odds“ (en). PEOPLE.com. 2021-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-avgust.
- ↑ Oyin Balogun. „Inside Leslie Uggams’ 54-Year Interracial Marriage That Defied the Odds“ (en). news.amomama.com (2019-yil 12-avgust). 2021-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-avgust.