Lepvdokrokit
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Lepvdokrokit (yun. lepidos — tangacha va kroke — ip, tola), yoqut slyudkasi—gidroksidlar sinfiga oid mineral [FeO(OH)]. Tarkibida Fe2O3 89,86% va N,0 10,14%, MnO, AI2O3, SiO2, CaO, MgO aralashmalari, baʼzida N2O ning ortiqchasi mavjud. Rombik singoniyali, strukturasi qatlamli. Tangachasimon, plastinkasimon, tolasimon, bogʻlamsimon va radial-tolasimon agregatlar xos. Zonal agregatlar hosil qilib ularda gyotit va gidrogyotit bilan galma-gal almashib turadi. Rangi yoqutsimon qizildan jigarranggacha. Olmossimon yaltiroq. Oʻzaro mukammal, bir yoʻnalishda bogʻlangan. Qattikligi 4—5; zichligi 3480–4100 kg/m3. Moʻrt. Qoʻngʻir temir rudasi, boksit, tuproq tarkibida uchraydi. Gidro-termal choʻkindi konlarning (Uraldagi Bakalskoye) temir rudalar tarkibida borligi maʼlum. Limonit kabi boyitiladi. Sunʼiy ravishda temirning chala oksidlangan birikmalaridan olinadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |