Le ivan
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Le ivan (taxallusi, asl ismi — Ivan Leontyevich Moysya; 1895.9.3, Cherkass viloyati — 1948.9.10, Kiyev) — ukrain yozuvchisi. "Yuxim Kudrya" (1927), "Hayot oʻyini" (1928) qissa va hikoyalari, "Togʻ oraliqlari" (2 qism, 1929 — 34) roman-epopeyasi oʻzbek xalqining qoʻriq va boʻz yerlarni oʻzlashtirishda chekkan zahmatlari, oktabr toʻntarishidan keyingi ogʻir yillar haqida. "Integral" (1931) qissasi Donbass metallurglari hayotiga bagʻishlangan. "Quvonch tarixi" romani, "Muqaddas togʻlar" (1938), "Xatlarim" (1945) hikoyalar toʻplamlari, "Janubi — Gʻarb" (hamkorlikda, 1950) romani, "Jar yoqasida" (1958), "Zarang bargi" (1960) kabi asarlarida Ikkinchi jahon urushi yillarida xalq boshiga tushgan ogʻir fojialar, janggoxdagi kurash manzaralari aks ettirilgan. Tarixiy mavzudagi "Nalivayko" (1956), "Xmelnitskiy" (1965) romanlarida ukrain xalqining oʻtmishi, erk uchun kurashi tasvirlangan. Asarlari koʻplab tillarga, xususan, "Togʻ oraliqlari" romani oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1964).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |