Laura Rogule
Laura Rogule (latishcha: Laura Rogule; 1988-yil 5-fevralda Riga shahrida tugʻilgan) — latviyalik ayol shaxmatchi. U ayol grossmeyster unvoniga ega.
2021-yilning noyabr oyida Riga shahrida FIDE Grand Women ayollar oʻrtasidagi Shveysariya turnirida 34-oʻrinni egalladi[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Laura Rogule 1988-yil 5-fevralda Sovet Ittifoqi tarkibiga kiruvchi Latviya SSR ning markazi (hozirgi kunda poytaxti) Riga shahrida dunyoga kelgan.
Laura Rogule | |
---|---|
Mamlakat | Latviya |
Tugʻilishi |
5-fevral 1988-yil Riga, Sovet Ittifoqi |
Saravha | Ayol grossmeyster |
FIDE reyting | [1] (fevral 2024) 2362 (iyul 2011-yil) |
Shaxmatdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Laura oʻz faoliyati davomida oʻn ikki marotaba chempionlikka erishadi, jumladan, 2003, 2005, 2006, 2009, 2010, 2011, 2013, 2015, 2016,[2] 2020, 2021[3] va 2022-yillarda boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha Latviya chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.[4] Shuningdek, 2002-yilda u 14 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ham gʻoliblikka erishdi. 2003-yilda u FIDE tomonidan xalqaro shaxmatchi usta ayol unvonini qoʻlga kiritgan. 2012-yilda Laura Rogule Varshavada boʻlib oʻtgan blits shaxmat boʻyicha Yevropa chempionati[5] va shaxmatning Rapid yoʻnalishi (tezkor shaxmat yoʻnalishi) boʻyicha ham Yevropa chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib,[5] gʻoliblikka munosib koʻrildi.
Laura Rogule oʻzining eng yaxshi natijasini 2010-yilning noyabr oyida namoyish etgan boʻlib, FIDE reytingi 2362 ballga teng edi.
Laura Rogule Shaxmat Olimpiadalarida Latviya nufuzi uchun dona surdi, jumladan:[6]
- 2004-yilda Kalvia shahrida oʻtkazilgan 36-shaxmat Olimpiadasida uchinchi taxtada (+5, =1, −5);
- 2006-yilda Turin shahrida oʻtkazilgan 37-shaxmat Olimpiadasida ikkinchi taxtada (+7, =2, −3);
- 2008-yilda Drezdendagi 38-shaxmat Olimpiadasida birinchi doskada (+3, =4, −3);
- 2010-yilda Xanti-Mansiyskda oʻtkazilgan 39-shaxmat olimpiadasida ikkinchi taxtada (+5, =1, −3);
- 2012-yilda Istanbulda oʻtkazilgan 40-shaxmat olimpiadasida ikkinchi taxtada (+5 −2 =2);[7]
- 2014-yilda Tromsodagi 41-shaxmat Olimpiadasida ikkinchi oʻrinda (+6 −2 =2);
- 2016-yilda Boku shahrida boʻlib oʻtgan 42-shaxmat olimpiadasida ikkinchi taxtada (+4 −2 =4);
- 2018-yilda Batumida boʻlib oʻtgan 43-shaxmat Olimpiadasida birinchi taxtada oʻz yurishlarini muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirdi (+3 −3 =3).[8]
Laura Rogule shaxmat boʻyicha 4-jamoaviy Yevropa chempionatida (ayollar toifasida) Latviya terma jamoasi safida oʻz oʻyinlarini olib bordi. Quyida Lauraning natijalarini koʻrishingiz mumkin:
- 2001-yilda Leondagi zaxira taxtada dona surdi (+3, =2, −1);[9]
- 2015-yilda Reykyavik shahrida shaxmat boʻyicha 20-Yevropa jamoaviy chempionatida (ayollar toifasida) ikkinchi taxtada oʻynadi (+4 −2 =3);
- 2019-yilda Batumida boʻlib oʻtgan 22-jamoaviy shaxmat (ayollar toifasida) yevropa chempionatida ikkinchi taxtada oʻyinlarni olib bordi (+4, =1, −4).[10]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „2021 FIDE Chess.com Women's Grand Swiss“. Women (ruscha). Chess-Results.com. Chess-Tournament-Results-Server (7-noyabr 2021-yil). 31-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-fevral 2022-yil.
- ↑ „Chess-Results Server Chess-results.com - Latvian championship women final-2016“. chess-results.com.
- ↑ Latvijas 2021. gada čempionāts šahā sievietēm
- ↑ Latvijas 2022. gada sieviešu čempionāts
- ↑ 5,0 5,1 „Page has moved“. www.archiwum.poloniachess.pl.
- ↑ „Women's Chess Olympiads: Laura Rogule“. OlimpBase. Qaraldi: 18-sentabr 2011-yil.
- ↑ „Archived copy“. 2012-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-sentabr 2012-yil.
- ↑ „Chess-Results Server Chess-results.com - 43rd Olympiad Batumi 2018 Women“. chess-results.com.
- ↑ „4th European Team Chess Championship (women), Leon 2001, Latvia“. OlimpBase. Qaraldi: 18-sentabr 2011-yil.
- ↑ „22nd European Team Chess Championship 2019 Women Section“. chess-results.com.