Kontent qismiga oʻtish

Laringotraxeit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Laringotraxeit - xiqildoq va kekirdak shilliq qavatining bir vaqtda oʻtkir yoki surunkali yalligʻlanishi. Kasallikka virusli infeksiya sabab boʻladi. L.da qattiq yoʻtal tutadi va koʻp miqdorda balgʻam ajraladi. Davosi: boʻyin atrofiga issiq, toʻsh sohasiga gorchichnik, ishqorli suyuqlik, ingalyasiya, vrach koʻrsatmasi boʻyicha dori-darmon buyuriladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil