Langar (qishloq)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Langar | |
---|---|
qishloq | |
40°31′24″N 71°39′14″E / 40.52333°N 71.65389°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Fargʻona viloyati |
tuman | Qoʻshtepa tumani |
Aholisi | 1 800 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Langar — Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumanidagi qishloq. Tumanning maʼmuriy markazi. 440 m balandlikda joylashgan. Viloyat markazi (Fargʻona)dan 25 km. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Margʻilon (14 km). Aholisi 1,5 ming kishi (2002). Katta Fargʻona kanalidan suv oladi. Qishloq hududidan Margilon, Fargʻona, Andijon shaharlari yunalishida avtomobil yo'llari o'tgan. Langarga 1860-yillarda asos solingan.
Margʻilondan Markaziy Fargʻonaga, choʻldan Margilonga keluvchilar usha joyda tuxtab, dam olib, soʻngra yo'lga tushganlar. Shu bois "Langar" (yulovchi yoki karvon toʻxtaydigan manzil) soʻzi keyinchalik vujudga kelgan qishloq nomiga aylangan.
Langarda aloqa boʻlimi, umumiy taʼlim maktabi, agroiqtisod kasb-xunar kolleji, kutubxona, kasalxona, "Istiqbol yo'li" gazetasi, taxririyati binosi, savdo, madaniy va maishiy xizmat kursatish shoxobchalari bor.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |