Lamantinlar
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Lamantinlar, manatlar (Vanatidae) — sirenalar turkumiga mansub suvda yashovchi sut emizuvchilarning bir oilasi. Tanasining uz. 4 m, ogirligi 360 kg (uz. baʼzan 5 m, ogʻirligi 600 kg gacha boradi). Tanasi urchuqsimon; dum suzgichi gorizontal, yumaloq. Quloq suprasi va orqa oyogʻi yoʻq, oldingi oyoklari koʻkrak suzgichlariga aylangan. Yungi yoʻq. Tanasi och tusdan toʻq kul ranggacha. Oʻsimliklar bilan oziqlanadi. Amerika L.i, afrika L.i, amazonka L.i turi bor. Gʻarbiy Afrikada, Markaziy va jan. Amerikada tarqalgan. Boʻgʻozlik davri 5—6 oy, 1 m keladigan bir bola tugʻadi, ogʻirligi 16–27 kg. 3—4 yoshida jinsiy yetiladi. Soni kamayib ketganligidan ovlash taqiqlangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |