Lallemansiya
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Lallemansiya, lyallemansiya (Lallemantia) — labguldoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, moyli ekin. Osiyoda 6 (Hindiston va Pokistonda 5) turi maʼlum. Dehqonchilikda L.ning iberiy (L.iberica) turi, asosan, Eron, Qrim, Shimoliy Kavkaz, Armanistonda ekiladi. L. issiklikka va namgarchilikka talabchan emas, qurgʻoqchilikka chidamli. Poyasi tik, sershox, boʻyi 20—90 sm. Bargi choʻziq, qarama-qarshi. Guli ikki jinsli, rangi oq, pushti yoki och binafsha, toʻpguli roʻvaksimon. Mevasi koʻsakcha. Urugʻi mayda, 1000 donasi 4—6 g, tarkibida 35— 38% tez quriydigan, asosan, lok-boʻyoq sanoatida va oziq-ovqatga ishlatiladigan moy bor. Kunjarasi mollarga beriladi. L. bahorda keng qatorlar (qator orasi 45 sm) ekiladi. Oʻsuvdavri 70—90 kun. Hosildorligi urugʻ boʻyicha 8—10 s/ga.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |