Kontent qismiga oʻtish

Kvazar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻsayotgan kvazar, NASA badiiy tasviri.
Kvazar oʻzagi, Hubble teleskopi olgan suratlar

Kvazar (inglizcha: quasar, quasi-stellar radio source – "yulduzsimon radiomanbai") juda uzoqda joylashgan va katta energiyali faol galaktik yadrodir. Kvazarlar nihoyatda yorqin boʻladi. Ular taratayotgan elektromagnit energiya yulduzlarnikiga oʻxshaydi, shuning uchun ularni avvaliga yulduz, deb oʻylashgan.

Kvazarlarni 1950-yillar oxirlarida topishgan, bugunga kelib bizga maʼlum bunday jismlar soni 200 mingdan oshib ketgan.