Kontent qismiga oʻtish

Kvantun armiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kvantun armiyasi - Yaponiya va Manjuriyaning 1919—45 yillardagi birlashgan qurolli kuchlari. Kvantun (Guandun) viloyati hududiga joylashtirilgan yapon qoʻshinlari negizida tuzilgan. K.a. son jihatdan ham (1 mln.ga yaqin), qurollar jihatdan ham asta-sekinlik bilan oʻsib, kengayib borgan. 1945-yilda uning tarkibida 1-front (3 va 5-armiyalar), 3—front (30 va 44-armiyalar), 17-front (34 va 59-armiyalar), alohida (4 armiya) armiya, 2 ta harbiy havo (2 va 5-armiyalar) armiyasi va Sungari harbiy flotiliyasi boʻlgan. Xitoyga qarshi tajovuzkorona hujumlar qilib Manjuriyani bosib oladi (1932), Manjou-Yao qoʻgʻirchoq davlatini tuzadi (1932-yil 9 mart). 1938— 39 yillar sobiq SSSR, Mongoliya Xalq Respublikasi hududiga bosqinchilik yurishlari qilgan. K.a. (bosh qoʻmondon general O. Yamada) 1945-yil sobiq shoʻro Qurolli kuchlari hamda Moʻgʻuliston harbiy qoʻshinlari tomonidan tor-mor qilingan (qarang Manjuriya operatsiyasi).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil