Kvant elektrodinamika
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kvant elektrodinamika -mapdon kvant nazariyasiiiig elementar zarralarnit elektromagnit maydon bilan oʻzaro taʼsirini oʻrganuvchi boʻlimi. Klassik elektrodinamikaaa elektromagnit maydonning faqat uzluksiz xossalari hisobga olinsa, K.e.da elektromagnit maydonning uzlukli (diskret) xossasi ham eʼtiborga olinadi. 1900 yilda M. Plank mutlaq qora jism nurlanishida monoxromatik yorugʻlik diskret energiya (kvant) holida boʻlishini gipoteza tarzida aytgan. 1905 yilda A. Eynshteyn elektromagnit nurlarning tarqalishi va yutilishi kvantlangan boʻlishini, 1917 yilda esa fotonning nurlanishi va yutilishi ehtimolligi tushunchasini ifodalab berdi. P. Dirak 1927 yilda nurlanishning kvant nazariyasini yaratdi. P. Dirak tenglamasi elektronlarning elektromagnit maydoni bilan oʻzaro taʼsirlashuvini hal qilib, elektronlarning fotonlarni chiqarishini, tormoz nurlanishni, elektron-pozitron juft annigilyasiyasi va b. hodisalarni tushuntirdi. V. Pauli, V. Geyzenberg , E. Fermi va b. olimlar K. e. masalalarini hal qilish uchun bir qancha sxemalarni taklif etdi. Atomlarning gʻalayonlanishi, vakuumning qutblanishi ham K. e. ning asosiy masalalari hisoblanadi. Zaryadli zarralar elektromagnit maydonda boʻlmaganda maydon xossalarini kvant mexanikanit umumiy usullari bilan tahlil qilish mumkin.
K. e. real fizik jarayonlar roʻy beradigan (toʻlqin vektori) vakuumda tekshirishlar olib boradi. Vakuum holatda maydon eng kam energiyaga ega boʻladi, unga energiya berilsa, maydon uygʻongan holatga oʻtadi, yaʼni zarralar paydo boʻladi. Zarralarning paydo boʻlishi va yoʻqolishi (boshqa zarraga aylanishi) kvant mexanikada ikkilamchi kvantlash usuli bilan tushuntiriladi. Elektromagnit nurlanish bilan zaryadli zarralarning oʻzaro taʼsiri K.e. da zarralarning fotonlar yutishi va chiqarishi bilan tushuntiriladi. Klassik elektrodinamikada tushuntirish mumkin boʻlmagan jismlarning issiqlik nurlanishi, rentgen nurlar sochilishi, atomlarning fotonlar chiqarishi va yutishi, tashqi maydonda elektronlar sochilishi va hokazo masalalar K. e. da muvaffaqiyatli hal qilingan. K. e. zamonaviy fizikaning koʻpgina sohalarida keng qoʻllanadi, u lazerlarnn, termoyadro plazmalarni olishda, zaryadlangan zarralar tezlatkichlari qurilmalarini hisoblashda asos boʻlib xizmat qiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |