Kontent qismiga oʻtish

Kuzgi shudgor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kuzgi shudgor - tuproqning nam koʻp saqlanadigan haydalma qavatini kuzda yumshatish; kelasi yil bahorida ekinlar ekish uchun yerni kuzda haydash. Bunda tuproqning yuza qatlamidagi strukturasiz qavati tubiga tushib, yuza qavatda struktura bir oz tiklanadi. Tuproq-iqlim va tashkiliy-xoʻjalik sharoitlarga qarab shudgorlash usullari hamda turlari oʻzgarib turadi. Kuzgi shudgor dehqonchilikda qadimdan muhim ahamiyatga ega boʻlgani sababli yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda" xalq maqoli yaratilgan. Hozirgi Kuzgi shudgor yerga ishlov berishning asosiy usuli hisoblanadi.

Kultivatsiya, sugʻorish kabi ekinlar parvarishiga qaratilgan tadbirlar shudgorning ustki qatlamini juda kukunlashtiradi, pastki qatlam esa 1,5— 1,6 g/sm3 gacha zichlashadi. Haydalma qatlamda muayyan yumshoqlik (1,1 — 1,3 g/ sm3 ) yaratish uchun yer kuzda shudgorlanadi. Kuzgi shudgor — zararkuvanda va kasallik manbalari, begona oʻt urugʻlariga qarshi kurashning eng taʼsirchan vositasi; yer chuqur haydalganda tuproqning yuza qavatidagi zararkunandalarning lichinka va gʻumbaklari nobud boʻladi, tuproqning chuqur qatlamlarida qishlayotganlari esa yer ustiga chiqadi va noqulay sharoit taʼsirida qiriladi yoki ularni qushlar terib yeydi. Haydalgan yerda kuzgi yogʻinlar yaxshi singadi. Kuzgi shudgor da koʻklamdagi dala ishlari tigʻizligi kamayadi, shuningdek, eng qisqa afotexnika muddatlarida ekish uchun dalani erta bahor hamda ekishdan oldin tayyorlashga qulay sharoit yaratiladi. Shuningdek, tuproqda aerob bakteriyalarning hayot faoliyati natijasida oʻsimlik oʻzlashtiradigan oziq moddalarning toʻplanishiga yaxshi taʼsir koʻrsatadi.

Kuzgi shudgor muddatini toʻgʻri belgilash katta ahamiyatga ega; u oktabr— noyabrda oʻtkazilganda eng yuqori samara beradi. Oʻzbekistonning jan. zovalarida Kuzgi shudgor bir oz kechroq ham oʻtkaziladi. Bu muddatlarda haydalgan yer sugʻorma dehqonchilik uchun muhim boʻlgan tuprokdagi nam zahirasini yaxshi saqlashga, yogʻin-sochindan unumli foydalanishga imkon beradi. Kuzgi shudgor da tuproq yaxshi uvalanadi, kesak koʻchmaydi, dala sathi tekis chiqadi. Oʻrta Osiyo, xususan, Oʻzbekistonning sugʻorma dehqonchilik mintaqalarida shudgorlashdan oldin yer haydashga tayyorlanadi, yaʼni mavsumiy sugʻorish shoxobchalari tekislanadi; ekin poya va qoldikdari yigʻib olinadi, organik oʻgʻitlarning toʻliq yillik miqdori va fosforli oʻgʻitlarning 70% solinadi; begona oʻtlar ildizpoyasi 15—18 sm chuqurlikda qirqilib, maxsus qurollar bilan tirmalanib, daladan chiqarib tashlanadi. Tuproq namligi maksimal dala nam sigʻimiga nisbatan 40—60% boʻlganda yer sifatli haydaladi. Shuningdek, yogʻin-sochin kam zonalarda yerning yuza haydalma qatlami kuzga borib qotib qolgan boʻlsa, haydashdan 8— 10 kun oldin yer sugʻoriladi va hokazo Tipik sur tuproq hamda oʻtloqi-botqoqi tuproqli yerdar kuzda 30—35 sm, irrigatsion oqiziqlar qalin boʻlgan oʻtloqi tuproklar 40 sm chuqurlikda haydaladi. Shudgorlash sifati, shudgor chuqurligi, tuproqning yaxshi uvoqlanganligi, shudgor sathining tekisligi va hokazo katta ahamiyatga ega (yana k,.Yer haydash). Bugungi kunda motokultivatorlar yordamida agrotexnik tadbirlarni oʻtkazish bir muncha osonlashdi. Shuning uchun yuqori xosil olish uchun hamda daromad manbaini yaratish uchun motokultivatorlardan keng foydalanish tavsiya etiladi.

Sobirjon Azimboyev.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil