Kuzatuv qudugʻi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kuzatuv qudugʻi — yer osti suvlari va sugʻoriladigan yerdarda sizot suvlar rejimi (joylashgan chuqurligi, minerallashganlik darajasi, kimyoviy tarkibi)ni oʻrganishga moʻljallangan vertikal quduq. Chuqurligi bir necha metrdan 100 m gacha va undan chuqur, diametri 25–98 mm. Quduqqa quyi qismida suv tushishi uchun 3–4 mm li te-shikchalari (filtr) boʻlgan temirbeton, asbotsement, poʻlat, polietilen quvurlari oʻrvatiladi. Quvurga loyqa tushmasligi uchun filtr balandligida quvur va quduq devori orasi shagʻal (antifiltr) bilan toʻldiriladi. Quvur asosiga 10—15 sm qalinlikda shagʻal toʻshaladi. Quvur yer yuzasidan 60—70 sm chiqib turadi va u metall qopqoq bilan yopiladi. Sugʻoriladigan yerning yuqori, oʻrta va quyi qismlarida oʻrvatiladi va ularning soni xoʻjalikning yer maydoni va meliorativ sharoitidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Barcha quduqlar xoʻjalik yer tarhida belgilanib, ularning tartib soni koʻrsatiladi. Kuzatish jadalligi qoʻyilgan vazifadan kelyb chiqqan holda belgilanadi: sizot suv balansini aniqlash uchun yil davomida har oyda 2—3-marta, sugʻorishning sizot suv sathi oʻzgarishiga taʼsirini aniqlash uchun sugʻorish vaqtida har kuni yoki har 3 kunda 1-marta, nomavsumiy davrda har 10 kunda 1-marta kuzatiladi. Sizot suvlar minerallashganlik darajasi va kimyoviy tarkibini aniqlash uchun kuzatish ishlari bahorda, sugʻorish davrining oʻrtasida va koʻzda olib boriladi. Buning uchun quduqdagi suv 2—3-marta olib tashlangandan soʻng, unga yangi tushgan suvdan namuna olinadi. Quduqlardan 3–5 m uzoqlikda yangi kavlangan quduqdan namuna olish sizot suvlar minerallashganligi boʻyicha aniq maʼlumot olishga imkon beradi. Suv namunasi vasoslar yoki ingichka shlanglar yordamida olinadi. Sizot suv namunasi tarkibidagi quruq qoldiq, xlorion, sulfation va umumiy ishqoriylik (NSO,), ayrim holdarda Sa, Mg va Na aniqlanadi.
Shuningdek, Kuzatuv qudugʻilari sugʻorish kanallari, kollektor-zovur tarmoqlari, suv omborlari va boshqa suv manbalarida gidrostatik bosimni oʻrganishda ham qoʻllanadi. Kuzatuv natijalari sugʻoriladigan dalalar suv-tuz balansini tuzish, meliorativ tadbirlar ishlab chiqish (gorizontal, vertikal va kombivaiiyalangan drenajlar hisobini qilishda), ekinlarning sugorish rejimini aniqlash va boshqarish, subirrigatsiya imkoniyatlarini aniqlashda qoʻllanadi. Kuzatuv ishlari suv xoʻjaligi muassasalari, Geologiya va mineral resurslar davlat koʻmitasi ilmiy tadqiqot intining gidrorejim st-yalari tomonidan olib boriladi.
Ziyomiddin Lrtukmvtov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |