Kontent qismiga oʻtish

Kuntugʻdi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kuntugʻdi (rus manbalarida Kuntuvdey) (12-asr 2—yarmi) — qoraqalpoqlar (chyornie klobuki) xoni. Rus solnomalarida "Torchesk knyazi" nomi bilan mashhur. 1190-yil Kiyev knyazi Svyatoslav K.ni tuhmat asosida qamoqqa olgan. Biroq Svyatoslavning taxtdoshi Ryurik K.ni "Rusga kerakli jasur kishi" deb ozod qilgan. K. sharmandalikka chiday olmay dashtga, qipchoq xoni Toʻgʻli huzuriga qochib borgan. K.ning kelishidan shod boʻlgan qipchoklar Rusga hujum qilishga tayyorgarlik koʻrganlar. K.ning qipchoqlar bilan qilgan birinchi harbiy yurishi Porosyedagi Churvayev shahri boʻlgan K. uni egallab, yondirib yuborgan, knyaz Churvayning ikki xotini va xizmatkorlarini asir olib qaytgan. Kish faslida K. Toʻgʻlixon (Itoʻgʻli) va Oqqush (Akush) bilan birga yava Porosyega chopqun qilgan. Ryurik janjalni tinch yoʻl bilan bostirish uchun K. bilan sulh tuzishga majbur boʻlgan. Unga koʻra, K.ga bir qancha rus shaharlari berilgan. 1184-yil Konchak bilan boʻlgan jangda rus knyazlari tomonida turib qatnashgan.

..Pletneva S. A., Polovsi, M., 1990.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil