Kontent qismiga oʻtish

Kumulyasiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kumulyasiya (lotincha cumulatio — koʻpayish, toʻplanish, yigʻilish) — baʼzi dori moddalar uzoq, muddat qabul qilinganda ularning organizmda toʻplanib, taʼsir etish kuchining ortishi. Zaharlanishga olib kelishi mumkin. Material va funksional K. farq qilinadi. Material K.ga barbituratlar, yurak glikozidlari, funksioval K.ga etil spirti sabab boʻladi. Kumulyativ xossali moddalar organizmdan chiqib ulgurishi uchun dori ichirilmay, orada dam beriladi. Shunday dorilar organizmda ushlanib qolmasligi uchun koʻp suyuqlik ichiriladi va ayirish aʼzolarining faoliyatini oshirish chora-tadbirlari koʻriladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil