Kontent qismiga oʻtish

Kumana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kumana — Venesuelaning shim.sharqiy qismidagi shahar, Mansanares daryosining Karib dengizidagi Karyako qoʻltigʻiga quyilish joyidagi port. Sukre shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 232 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Baliqchilik sanoatining yirik markazi. Oziq-ovqat, tamaki, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Qishloq xoʻjaligi (kakao, kofe, sitrus mevalar) rayonining savdo markazi. Shaharga 1520-yilda asos solingan. Sharqiy universitet, kutubxona bor. Turizm rivojlangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil