Kuku
Kuku[1][2] (forscha. KooKoo) — anʼanaviy forscha taomi[manba kerak]. forschadan tarjima qilinganda „Ku“ — urish soʻzi urish-urish sifatida eshitilib, hamma narsa maydalangan — yanchilgan degan maʼnoni beradi. Issiq yoki sovuq holatda garnir yoki asosiy taom gazaki, non yoki salatga qoʻshib tanovul qilish uchun dasturxonga tortiladi. Kuku Eronning hududlarida tushdan keyingi tamaddi chogʻida guruch yoki non bilan uzatiladi.
Taom Ozarbayjon va Erondagi orasida keng tarqalgan boʻlib, Dogʻistonning qoʻshni viloyatlarida, shuningdek Oʻzbekiston va Tojikistonda ham shunga oʻxshash taomlar mavjud (koʻk-biyron)[3].
Turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tolishlar kukuni turli masalliqlardan har xil uslubda tayyorlashadi. Kuku taomining dastlabki nomi yongʻoqli kuku („визә куку“) degan maʼnoni anglatadi. Sababi kuku asosan yongʻoq, tuxum va maʼlum miqdordagi oʻtlardan tarkib topganligidadir. Tolishlar „сәбзи куку“ (oʻtli kuku), „бумәсефә куку“ (kartoshkali kuku), „бодымҹонә куку“ (baqlajonli kuku)[1] ham tayyorlashadi. Talishlar „сәбзи куку“ni „ду куку“ deb ham atashadi. Uning tarkibiga yongʻoq qoʻsholmaydi va aldamchi kuku deb tarjima qilinadi.
Tayyorlash usuli
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tovuq tuxumlari va koʻkatlar tuz, qora murch, yongʻoq, baʼzan un, zirk, xamirni yetiltiruvchi kukun (razrixlitel) va maydalangan zaʼfaron bilan aralashtiriladi. Soʻngra, aralashma oldindan qizdirilgan, yogʻ surtilgan idishga quyiladi va past olovda qovuriladi. Ayrim tolish shaharlarida bu taom bayramlarda, shu jumladan, toʻylarda ham dasturxonga tortiladi[4][5]. Pishgan taom pirogga oʻxshash omlet boʻlib, odatda non bilan birga uzatiladi. Ammo uni, ayniqsa, guruch isteʼmoli odatda nondan afzal koʻriladigan Eronning shimolidagi Gilon viloyatida guruch bilan ham dasturxonga tortishlari mumkin[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Пирейко Л. А. Талышско-русский словарь. — Москва: «Русский язык», 1976. — С. 128. — 352 с.
- ↑ Абосзода Ф. Ф. Русско-талышский разговорник/Урусә-толышә гәпжемон. — Санкт-Петербург, 2010. — С. 74. — 75 с.
- ↑ В. В. Похлёбкин 2015.
- ↑ „Kookoo Sabzi (Persian Herb Quiche)“ (deadlink). Family Spice. familyspice.com. 2014-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 13-oktyabr.
- ↑ „Sizedeh Bedhar, 13th Day of Norouz“. My Persian Kitchen. 2014-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 13-oktyabr.
- ↑ „GILĀN xxi. Cooking – Encyclopaedia Iranica“. iranicaonline.org. Qaraldi: 2020-yil 25-sentyabr.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Похлёбкин В. В. Чучу // Кулинарный словарь. — М.: Издательство «Э», 2015. — С. 405—406. — 456 с. — 4000 экз. — ISBN 978-5-699-75127-3.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |