Kuchaytirgich
Kuchaytirgich (texnikada) - kuchlanish, quvvat va boshqalarni uzatadigan yordamchi manba energiyasidan foydalanib kuchaytiradigan qurilma. Foydalaniladigan energiya turiga qarab elektr, magnit, gidravlik, pnevmatik va mexaniq K.lar boʻladi. Bu turdagi qurilmalarning oʻzgartgichlardan farqi, K.da chiqayotgan va kirayotgan signallar orasidagi aloqa uzluksiz va bir xil ishorali boʻladi. Elektromagnit toʻlqin energiyasini oshiradigan, elektr impulyelarini kuchaytiradigan, asosiy mexanizmning taʼsir ku-chini oshiradigan K.lar bor. K. avtomatika, telemexaniqa, hisoblash va oʻlchash texnikasi, radioelektronika va aloqadagi qurilmalarning, shuningdek, ish mashinalari (elektroenergetika, mashinasozlik, transportdagi) yuritmalarining asosiy elementlaridan biri (yana qarang Dielektrik kuchaytirgich, Ibikon, Impulslar texnikasi, Kvant generator, Kvant kuchaytirgich).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |