Kuch
Kuch | |
Ramzi | F |
Birligi | newton |
Boshqa kattaliklardan hosilasi | F = m · a |
Kuch (mexanikada) — berilgan jismga boshqa jismlar tomonidan koʻrsatilayotgan mexanik taʼsirning miqdori va yoʻnalishini ifodalovchi kattalik. Jismga koʻrsatiladigan ta'sir 2 xil hodisani — jismning tezligini oʻzgartirishi yoki uning deformatsiyalanishini vujudga keltirishi mumkin. Ikkala hodisada yuzaga kelgan tezlanish yoki deformatsiya miqdorini oʻlchash orqali taʼsir etayotgan kuchni aniqlash mumkin. Kuchning dinamik va statik oʻlchash usullari mavjud. Nyutonning ikkinchi qonuniga muvofiq, jismga taʼsir etayotgan kuch G' jism massasi t bilan uning tezlanishi a koʻpaytmasiga teng: G' = ta. Guk qonuniga asosan, elastik deformatsiyalarda, massa, prujina yoki sterjenning cho'zilishi (siqilishi)da vujudga keluvchi deformatsiyalanish kattaligi x taʼsir etayotgan kuchga proporsional:Gʻ = — Kx, bunda K — prujina yoki sterjen bikrligi. Ikki jismning bir-biriga koʻrsatayotgan har qanday taʼsiri oʻzaro taʼsir harakatiga ega bo'lib, ularning bir-birlariga taʼsir kuchlari doimo kattaligi jihatdan teng va yoʻnalishi jihatdan qarama-qarshidir. Kuch birligi qilib, massasi 1 kg boʻlgan jismga 1m/s2 tezlanish beradigan kuch qabul qilingan va Isaak Nyuton sharafiga nyuton deb atalagan. N bilan belgilanadi: 1N = 1 kg m/s2. [1]
Fizikada kuch fizik jism harakati, yoʻnalishi yoki geometrik tuzilishini oʻzgartiruvchi har qanday taʼsirdir. Boshqacha aytganda, kuch massali jism tezligini oʻzgartiradi (tezlatadi yo sekinlatadi), yoki egiluvchan jismni deformatsiyalaydi. Kuchni tortish yoki itarish kabi intuitiv konseptlar orqali ifodalash mumkin. Kuch vektor kattalikdir, u ham son qiymatga, ham yoʻnalishga ega. Newton ikkinchi qonuni, F = ma, aslida biroz boshqacha ifodalangan edi: Jismga taʼsir etuvchi sof kuch uning impulsi oʻzgarishiga ketadigan vaqt hosilasiga tengdir.[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Kuchlar haqida turkum mavjud |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |