Kuba davlat madhiyasi
Kuba davlat madhiyasi | |
Soʻz muallif(lar)i | Perucho Figueredo |
---|---|
Bastakor | Perucho Figueredo va Antonio Rodriguez-Ferrer |
Qabul qilindi | 1902, 1909 |
„El Himno de Bayamo“ (inglizcha: „The Bayamo Anthem“, lit. 'The Hymn of Bayamo"') — Kubaning milliy madhiyasi. U birinchi marta 1868-yilda, Bayamo jangi paytida ijro etilgan. Perucho Figueredo, jangda qatnashgan, qoʻshiq yozgan va bastalagan."La Bayamesa" (inglizcha: „The Bayamo Song“) deb ham ataladigan musiqa 1867-yilda Figueredo tomonidan yaratilgan.
Umumiy koʻrinish
[tahrir | manbasini tahrirlash]1868-yil 20-oktyabrda Kuba qoʻshinlari Bayamoda ispan mustamlaka hokimiyatini taslim qilishdi, shodlangan odamlar Figueredoni oʻrab olishdi va undan oʻzlari kuylayotgan ohang bilan madhiya yozishni soʻrashdi.[1] Figueredo otining egarida madhiya matnini yozgan, bu amaldagi rasmiy versiyadan uzunroq edi. Ikki yil oʻtgach, Figueredo ispanlar tomonidan qoʻlga olindi va qatl qilindi. Otuvga hukm qilinganda „oʻt och“ buyrugʻini qabul qilishdan oldin, Figueredo oʻz qoʻshigʻidagi satrni kuyladi: „Morir por la Patria es vivir“ (inglizcha: „Vatan uchun oʻlish — yashashdir“).[2]
1902-yilda Kuba tomonidan oʻzining milliy madhiyasi sifatida rasman qabul qilingan, Respublika tashkil etilgandan soʻng, u 1959-yildagi inqilobdan keyin ham saqlanib qolgan.[3]
„Himno de Bayamo“ dan tashqari yana ikkita mashhur kubalik „La Bayamesa“ qoʻshiqlari mavjud. Birinchi madhiya 1851-yilda Carlos Manuel de Céspedes vaJosé Fornaris tomonidan oʻzlarining doʻstlari Fransisko Kastillo Morenoning iltimosiga koʻra yaratilgan, shuningdek, qoʻshiq matni ham unga tegishli.[4] 1868 yildan keyin, Kuba urushi paytida, „La Bayamesa“ ning „mambí“ versiyasi mashhur boʻldi. Uning ohangi bir xil, lekin matni boshqacha. Koʻp yillar oʻtgach, 1918-yilda Santyago-de-Kubalik bastakor va trovador Sindo Garay „Mujer Bayamesa“ deb nomlangan qoʻshiq yaratdi. Ushbu qoʻshiq ham ancha mashurllia erishdi
Matn
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dastlab qoʻshiq uchta baytdan iborat edi. 1902-yilda madhiya rasman qabul qilinganda oxirgi ikki band chiqarib tashlandi, chunki qoʻshiq matni haddan tashqari ispanlarga qarshi soʻzlar mavjud edi va boshqa baytlar bilan solishtirganda juda uzun boʻlgan.[5]
Ispancha matn
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ispan tilida | |
---|---|
I |
III |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Cuba '67: Image of a Country (en). Book Institute, 1967 — 60-bet.
- ↑ Agency, Central Intelligence. The CIA World Factbook 2016 (en). Simon and Schuster, 2015-11-24 — 1350-bet. ISBN 978-1-5107-0089-5.
- ↑ „Symbols of the cuban nation“. www.nacion.cult.cu. 2009-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-yanvar.
- ↑ Sublette, Ned. Cuba and Its Music: From the First Drums to the Mambo (en). Chicago Review Press, February 2007 — 236-bet. ISBN 978-1-56976-420-6.
- ↑ Coe, Andrew. Cuba (en). Passport Books, 1995 — 233-bet. ISBN 978-0-8442-8950-2.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Cuba: La Bayamesa — Audio of the national anthem of Cuba, with information and lyrics (archive link)
- Cuban National Anthem Website Cuban National Anthem interpreted by Cuban artists with music and voice.
- Different Mp3 files (nacion.cult.cu)
- Infos about the hymn (nacion.cult.cu)
- Las Bayamesas Article in Spanish on the three songs named La Bayamesa