Ksilolit
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Ksilolit (ksilo... va yun. lithos — tosh) — sunʼiy qurilish materiali. Kaustik magnezit yoki dolomit kukuniga yogʻoch qipigʻi, ishqorbardosh pigment (boʻyoq) va mayin dispers mineral moddalar (talk, asbest, marmar kukuni) aralashtirib tayyorlanadi. Bikr ksilolit aralashmasidan pollarga yotqizish uchun plitalar, plastik aralashmasidan monolit pollar ishlanadi yoki rulon va plita polimer materiallardan sof pollar uchun asos tayyorlanadi. K. turar joy va jamoat binolari hamda quruq rejimli sanoat binolarida choksiz pollarga krplash, shuningdek, zinapoya va devorlarni pardozlashda ishlatiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |