Kontent qismiga oʻtish

Kseroftalmiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kseroftalmiya (yun. xeros — quruq va ophthalmos — koʻz) —koʻz shilliq va muguz pardalarining qurib qolishi. Shu pardalar oziqlanishining buzilishidan kelib chiqadi. Traxoma va boshqa koʻz kasalliklari, ayrim avitaminozlar, ayniqsa, A vitamin yetishmasligi, baʼzan kimyoviy moddalardan kuyish sabab boʻlishi mumkin. Bunda koʻzdan yosh chiqmay, muguz parda xira tortadi, koʻz yaxshi koʻrmaydi, loʻqillab ogʻriydi, qovoq ogʻir tuyuladi. K.ga davo, asosan, kasallikka sabab boʻlgan omilni bartaraf etishdan iborat.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil