Kontent qismiga oʻtish

Ksantofillar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ksantofillar (yun. xanthos - sariq va phyllon — yaproq) — kislorodli karotinoidlar; yuksak oʻsimliklarning yaprogi, guli, mevasi va kurtaklaridagi, shuningdek, suvoʻtlar va mikroorganizmlardagi sariq pigmentlar. Plastidalarda boshqa pigmentlar (xlorofill va karotin) bilan birga boʻladi. Flavonoidlar bilan birgalikda yaproqlarning kuzgi rangini hosil qiladi. K.ning atsiklik, monotsiklik va bitsiklik ka-rotinoidlarga tegishli 50 dan ortik, turi bor. Tipik vakillari: zeaksantin (sariq) va ksantofill (binafsha rangli) kristall moddalardir. K. yorugʻda havo kislorodi ishtirokida rangsiz karotinoid uglevodorodlardan hosil boʻladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil