Kristallofizika
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kristallofizika, fizik kristallografiya — kristallografiya boʻlimi; kristallar va kristall agregatlarining fizik xossalarini, shuningdek, bu xossalarning tashqi taʼsirlar natijasida oʻzgarishini oʻrganadi. Bu xossalarga kristallar deformatsiyasi, mustahkamligi, issiqlik oʻtkazuvchanligi, sirt energiyasi, adsorbsiyasi, spektroskopiyasi, lyuminessensiyasi va magnit, shuningdek, oʻta oʻtkazuvchanlik, ferromagnetizm, segnetoelektr, piroelektr, pyezooptik, pyezoelektr va boshqa xossalari kiradi. Kristallarning fizik xossalari har xil optik yoʻnalishlarda birdek boʻlmaydi. Ularni simmetrik yoʻnalishlarda ekvivalent xossalarga ega boʻlgan bir jinsli va anizotrop muhit deb qarash mumkin (qarang Anizotropiya).
K.da anizotrop muhitning xossalarini miqdoriy ifodalashda matematik apparat — tenzor analizdan va guruhlar nazariyasidan foydalaniladi. Mas, ikki vektor kattalik (muhitning qutblanishi R va elektr maydon kuchlanganligi YE; tok zichligi j va elektr maydon kuchlanganligi £) yoki ikki psevdovektor kattalik (mas, magnit induksiyasi V va magnit maydon kuchlanganligi N)lar orasidagi oʻzaro bogʻliklikni tavsiflovchi anizotrop muhitning fizik xossalari (mas, dielektrik qabulchanligi, elektr oʻtkazuvchanligi, magnit kabul-chanligi, tenzorlari) ikkinchi tartib (rang) li qutb bilan aniqlanadi. Yuqori tartibli tenzorlar bilan anizotrop muhitning fizik xossalari, mas, pyezoelektr effekt, elektrostriksiya, magnitostriksiya, elastiklik va boshqa shunga oʻxshash xossalari aniqlanadi.
Kristall panjarasiaati har xil nuqsonlar (vakansiyalar, dislokatsiyalar, domenlar va hokazo) va ularni kristallarning fizik xossalari (plastikligi, mustahkamligi, elektr oʻtkazuvchanligi, mexanik aslligi va boshqalar) ga taʼsiri urganiladi. Kristallardagi nuqsonlar ularning plastikligi, mustahkamligi, elektr qarshiligi va boshqa xossalariga taʼsir qiladi. Shuning uchun amalda ishlatiladigan maʼlum fizik xossali kristallarni topish K. ning asosiy masalalaridan biri hisoblanadi.
K. asosida kristallooptika vujudga keldi. K. yutuqlari tufayli qattiq jism fizikasi jadal rivojlana boshladi. U kristallokimyo bilan ham bevosita bogʻliq. K. ning oʻsha paytdagi holatini nemis fizigi V. Fogt (1850—1919) bayon qilgan, uning statik va dinamik nazariyasini M. Born rivojlantirgan. F. Ioffe K. ga maʼlum hissa qoʻshgan.
Kristallarning atom tuzilishini, tarkibi va strukturalarini atom va ion oqimlari orqali oʻrganishga, ularning fizik xususiyatlarini oʻzgartira olish imkoniyatlarini yaratishga oʻzbek fizik olimlaridan N. Yu. Toʻrayev, professor E. S. Parilis va boshqa ham katta qissa qoʻshdilar.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ioffe A. F., Fizika kristallov, M. — L., 1929; Vay Dj., Fizicheskiye svoystva kristallov i ix opisaniye pri pomoshi tenzorov i matrits [per. s angl.], M., 1967;Parilis E.S., Turayev N. Yu., Teoriya rasseyaniya ionov srednix energiy va poverxnosti monokristalla, T., 1970; Vasilyev D. M., Fizicheskaya kristallografiya, M., 1972.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |