Kontent qismiga oʻtish

Kristallitlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kristallitlar - 1) petrologiyada — kristallanayotgan jismning mayda joʻn shakli (embrionlar). Vulkanik shishalarda uchraydi. Ularning shakli turlichadir: globulitlar (sharikchalar, tomchilar); margaritlar (munchoklar ipi kabi); longulitlar (silindrik hosilalar); trixitlar (qilsimon); skopulitlar (oʻsimliklar poyalariga oʻxshash) va boshqa 2) metallshunoslikda — quyma metall yoki metall qotishmalarning oʻzaro zich bogʻlangan notoʻgʻri shakldagi mayda kristallar.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil