Kotoraya
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kotoraya, paxtaron, ftormeturon, fluometuron (C10HnF3N2O) — singib va tanlab taʼsir etuvchi gerbitsid, 80% li hoʻllanuvchi kukun, rangi oq yoki kulrang. Paxtazorlarda bir yillik, asosan, ikki pallali begona oʻtlarga qarshi qoʻllanadi. Machin, olabuta, ituzum, semizoʻtlarni quritadi, shamak, itqoʻnoq, gʻumay va boshqalarni esa shikastlaydi. Oʻsimlikka ildizi orqali singadi. Preparatning taʼsir kuchi 2—3 oy. Tuproqda tez parchalanadi. Bahor quruq kelganda, shuningdek, shoʻrxok tuproqlarda preparatning taʼsir kuchi kamayadi. K. chigitni ekish bilan bir vaqtda lenta usulida solinadi. Sarf meʼyori: yalpi sepishda 1,3—2,8 kg/ga (taʼsir etuvchi modda boʻyicha), qator orasiga solishda 0,65—1,4 kg/ra. Kam zaharli.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |