Kosovo va Metoxiya
Kosovo va Metoxiya – Serbiyadagi oʻlka. Maydoni 11 ming km². Aholisi 1,9 mln. kishi (1997). Poytaxti – Prishtina shahri K. va M. hududining katta qismi Kosovo-Pole va Metoxiya soyliklaridan iborat, ularda Drin va Ibar daryolari oqadi. Iqlimi moʻtadil kontinental iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0°, iyulniki 20°. Yillik yogʻin 600–700 mm.
K. va M. hududi 8—12-asrlarda Rashki, soʻngra Serbiya davlati tarkibida, 15-asrdan 1912-yilgacha Usmonli turk saltanati tarkibida boʻlgan. 1913-yildan London tinchlik shartnomasiga koʻra, K. va M. hududini Serbiya va Chernogoriya boʻlib oladilar. 1918-yil dan Serb, xorvat va slovenlar qirolligi (1929-yildan Yugoslaviya qirolligi) tarkibida. 1945-yildan Yugoslaviya tarkibidagi muxtor viloyat, 1963—1969-yillarda K. va M. muxtor oʻlkasi, 1969—1990-yillarda Kosovo muxtor oʻlkasi, 1990-yildan K. va M. oʻlkasi. 1980-yillarning boshlarida albanlar oʻlka aholisining 90% ni tashkil etdi. K. va M. dagi etnik muammolar 1998-yilda qurolli toʻqnashuvlarga aylandi. Bu toʻqnashuvlarning asosiy sababi Kosovo albanlarining mustaqil davlat boʻlishga harakatidir.
K. va M. – agrar rayon. Donli ekinlar, tamaki ekiladi. Polizchilik, bogʻdorchilik va tokchilik rivojlangan. Togʻ yaylovlarida qoramol, qoʻy boqiladi. Hunarmandchilik rivojlangan. Qoʻrgʻoshin, lignit, xromit va magnezit qazib olinadi. Kimyo, yogʻochsozlik, sement, qogʻoz, toʻqimachilik korxonalari bor.[1]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |