Korinf boʻyni
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Korinf boʻyni - Yevropa janubidagi boʻyin, Peloponnes yarim orolni Gretsiyaning markaziy rayonlari bilan bogʻlaydi. Ioni dengizining Korinf qoʻltigʻi bilan Egey dengizining Saronikos qoʻltigʻi suvlari oʻrab turadi. Oʻz. 42 km, kengligi 16 km gacha. Chala choʻl oʻsimliklari oʻsadi. Korinf boʻyni orqali Afina shahri bilan Korinfni bogʻlovchi temir yoʻl 2 va shosse yoʻli oʻtgan. 1881—93 yillarda Korinf boʻyni orqali Korinf kanali qazilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |