Kordova katta masjidi
Kordova katta masjidi (ispancha: Mezquita de Córdoba) - Kordova Ispaniyadagi meʼmoriy yodgorlik. Jahondagi qad. eng yirik masjidlardan biri. Asrlar davomida barpo etilgan boʻlib, har gal kengaytirib borilgan. Binoning asosiy oʻzagi — masjidning hozirgi shim.-gʻarbiy qismi (11 nefli, 12 ravokli) 786 yilda qurilgan. Aholi soni tez oʻsib borayotgan poytaxt uchun masjid kichiklik qilgani sababli 961—966-yillar jan. tomon kengaytirilgan. Marmar ustunlar bilan bezatilgan baland minora qad koʻtargan. Ikki qoʻshimcha va 8 nefli yagona bino qurilgan. 987—88-yillar masjid sharq tomon qarata kengaytirilgan. Shu tarzda u oʻzining katta umumiy tarhi (22 250 m2)ga ega boʻlgan. Har bir kengaytirilish davomida minoralar koʻrinishidagi 2 qavat ravoklar qurilmasi saqlanib qolgan. Tuzilishida arab meʼmorligi anʼanalari mujassam. Katta zali 19 nefli, 600 dan ortiq ustunlar joylashtirilgan. 2 qavatli ravoqlar ustunlar qatoriga tayangan (baʼzi ustunlar Vizantiya va boshqa joylardan keltirilgan). Ravoqlarning 1-qatori taqasimon, 2-qatori yoysimon bezaqli boʻlib, ular ravoqning mutanosibligiga boʻysungan. Gumbaz osti bagʻallari 3 va 5 qatlamli, doirasimon shakldagi murakkab tuzilishga ega boʻlib, oʻzaro ravoqlar bilan kesishgan. Bagʻal va ravoqlar girix handasiy naqshlar bilan bezatilgan. Kordova katta masjidim.ning yon tomonida xristian kapellasi (13-asr) vujudga kelgan. Kordova katta masjidim. ispanmagʻrib meʼmoriy yoʻnalishidagi oʻziga xos uslubga egadir.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |