Kordova
Qiyofa
Kordova — Argentinaning markaziy qismidagi shahar. Kordova provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,2 mln. kishidan ziyod (2001). Mamlakatning muhim sanoat va madaniy markazi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mashinasozlik, jumladan, transport mashinasozligi va metallurgiya, kimyo, oziq-ovqat, koʻn-poyabzal sanoati korxonalari mavjud. Universitet (1613), muzeylar, jumladan, botaniqa muzeyi, konservatoriya bor. Shaharga 1573-yilda asos solingan. 17—18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |