Kontent qismiga oʻtish

Korandalik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Korandalik — yerni ijaraga olish turi. K.da ijara haqi yer egasiga hosildan hissabay toʻlanadi. Asosan, rivojlanmagan mayda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga xos. K. ayrim rivojlangan mamlakatlarda (AQSH, Italiya, Ispaniya va boshqalar) hozir ham qisman uchraydi. Sharqdagi koʻpgina mamlakatlarda K. ijara munosabatlari shakllarida yetakchi oʻrinni egallaydi.

Oʻzbekistonda 20-asrning 20-yillari oxiriga qadar keng tarqalgan edi. K.da mayda dehqonlar hosilning bir qismi — 1/4 dan 1/2 qismigacha olishga baylashib ishlaganlar. 30-yillar boshidan dehqonlarni yalpi k-zlarga birlashtirish bilan K.ga barham berilgan. 20-asrning 90-yillaridan boshlab Oʻzbekistonda shartnoma asosida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish boʻyicha shirkat xoʻjaliklarida yer ijarasi munosabatlarida yuzaga kelgan oila pudrati K.ning bir koʻrinishidir.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil