Korall poliplar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Korall poliplar, marjon poliplar (lot. Anthozoa) — dengiz boʻshliqichlilari sinfi. Koloniya boʻlib, ayrim turlari yakka yashaydi; medoʻza hosil qilmaydi. Koʻpchiligi ohak yoki muguz skeletli. Yakka yashovchi Korall poliplar skeletsiz. Koloniyadagi ayrim individlar silindr shaklida; tanasi asosi bilan koloniyaga yopishib oʻsadi. Yakka yashovchi Korall poliplar tovoni yordamida substratga yopishib oladi. Tovonining qarama-qarshi tomonida joylashgan ogʻzi paypaslagichlar bilan oʻralgan. Gastral boʻshligʻi radial toʻsiklar (mezenteriylar) yordamida kameralarga boʻlingan; ektodermal halqumi ogʻzidan kameralar boʻshligʻiga osilib toʻshadi. Jinsiy va jinssiz koʻpayadi. Jinsiy hujayralari mezenteriy toʻsiqlar endodermasida rivojlanadi. Tuxumdan chiqqan planula lichinkasi bir oz suzib yurgach dengiz tubiga yopishib, voyaga yetgan polipga aylanadi. Yakka yashovchi aktiniyalar boʻyiga boʻlinib koʻpayadi. Korall poliplar 6 nurlilar va 8 nurlilar kenja sinflariga boʻlinadi. 6000 ga yaqin turi maʼlum. Koloniya boʻlib yashovchi kizil qorall va yakka yashovchi aktiniyalar koʻpchilikka maʼlum.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |