Konstantinos Stephanopoulos
Qiyofa
Stefanopulos Konstantinos (1926, Patras sh. - 2016) — Gretsiya davlat arbobi. Afina universitetining yuridik ftini tugatgan. Advokatlik bilan shugʻullangan (1954—74), milliy birlik hukumatida savdo boʻyicha davlat kotibi (1974), Gretsiya ichki ishlar vaziri (1974— 76), ijtimoiy taʼminot vaziri (1976—77), Gretsiya Bosh vaziri huzurida maslahatchi (1977—81). 1964, 1974, 1981 yillarda turli partiyalardan mamlakat parlamenti deputati etib saylangan. Tiklanish demokratik partiyasi asoschisi (1985), shu partiyadan Afina saylov okrugi boʻyicha deputat (1989—94). 1995 y. 8 martdan Gretsiya Respublikasi prezidenti. 2001 y. mart oyida rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻlgan[1]