Konsentratsiya
Konsentratsiya [lotincha con (cum) – birga va centrum – markaz] – biror narsaning muayyan joyda toʻplanishi. Kimyoda fanida – eritma yoki erituvchining maʼlum ogʻirlik miqdori yoki hajmida erigan modda miqdori. Konsentratsiya bir necha xil ifodalanadi: ogʻirlik konsentratsiya, atom konsentratsiya, hajmiy konsentratsiya, protsentli konsentratsiya, normal konsentratsiya, molyar konsentratsiya, mol nisbat, mol protsent. Ogʻirlik konsentratsiya – eritmadagi modda ogʻirlik miqdorining eritma umumiy ogʻirlik miqdoriga nisbatini, atom konsentratsiya eritmadagi moddalar gramm-atomlar sonining eritmadagi umumiy gramm-atomlar soniga nisbatini, hajmiy konsentratsiya eritmadagi modda hajmining eritma umumiy hajmiga nisbatini koʻrsatadi. Protsentli konsentratsiya 100 g eritmada erigan moddaning gramm hisobidagi miqdorini, normal konsentratsiya 1 l eritmada erigan moddaning gramm-ekvivalentlar sonini, molyar konsentratsiya 1 l eritmada erigan moddaning gramm-molyar sonini, molyal konsentratsiya 1000 g erituvchida erigan moddaning molyar sonini koʻrsatadi. Mol nisbatlar – agar eritmada birinchi moddadan p, mol, ikkinchi moddadan p2 mol boʻlsa, birinchi moddaning mol nisbati (konsentratsiyasi) N =■ moddaning mol nisbati ikkinchi V = „’ 2 n +“2 boʻladi. Doimo N,+N2=l. Agar mol nisbat 100 ga koʻpaytirilsa, mol protsent olinadi. Eritmaning zichligi maʼlum boʻlsa, ogʻirlik ifodalanadigan konsentratsiya (% li Konsentratsiya) hajm bilan ifodalangan konsentratsiyaga – normal, molyar konsentratsiyaga oʻtishi mumkin[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |