Konkret musiqa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Konkret musiqa - tabiiy va sunʼiy tovush-sadolarni yozib olish hamda ularni qayta ishlov natijasida hosil boʻladigan musiqa asarlari, musiqiy avangardizm oqimlaridan biri. Zamonaviy texnik vositalar (magnitofon, miksher pulti, mini-disk yozuv moslamalari va boshqalar) yordamida birlamchi mahsulot (ovoz)larni oʻzgartirish, aralashtirish orqali yaratiladi. Konkret musiqada, asosan, tabiatdagi turli tovushlar hamda hayotiy shovqinlardan, shuningdek, inson ovozi, cholgʻu sadolaridan foydalaniladi. Konkret musiqa 20-asrning 2-yarmidan rivoj topgan (ixtirochisi fransuz akustik muhandisi P. Shef-fer: "Turniket", "Temir yoʻl etyudi" asarlari, 1948 va boshqalar); targʻibotchilari: kompozitorlar P. Bulez, P. Anri. O. Messian, Ya. Ksenakis, A. Jolive va boshqa Hozirda aksariyat Konkret musiqa namunalari kinofilm, multfilm, spektakllarga moʻljallangan "musiqali fon" vazifasini bajaradi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |