Kompleks oʻgʻitlar
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kompleks oʻgʻitlar - tarkibida oʻsimliklar hayot faoliyati uchun zarur bir necha asosiy oziq moddalari boʻlgan organik va mineral oʻgʻitlar. Organik Kompleks oʻgʻitlarga uy hayvonlari goʻngi, qushlar goʻngi, siderat oʻsimliklarning yashil massasi (koʻkat oʻgʻit), turli xil kompostlar kiradi. Tarkibidagi asosiy oziq moddalariga koʻra, mineral K.oʻ. ikki elementli (fosforkaliyli, azot-fosforli, azot-kaliyli) va uch elementli (azot-fosfor-kaliyli) boʻladi. Olinish usuliga koʻra, murakkab oʻgʻitlar, murakkab aralash oʻgʻitlar va aralash oʻgʻitlarga boʻlinadi. Koʻpgina K.oʻ. tarkibida mikroelementlar boʻladi yoki ularga bu elementlar qoʻshiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |