Kommunal gigiyena
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kommunal gigiyena, aholi yashaydigan joylar gigiyenasi — gigiyenasining bir boʻlimi. Aholi yashaydigan joylarda uy-joy sharoiti va atrof muhit omillarining aholi sogʻligiga taʼsirini oʻrganadi. Aholining sogʻlom va qulay turmush sharoitini taʼminlash uchun gigiyena meʼyori va sanitariya qoidalarini ishlab chikali. Abu Ali ibn Sino oʻzining "Tib krnunlari" kitobida quriladigan turar joylar kungay, bahavo va quruq tuprokli boʻlishini aytib oʻtgan. Ismoil Jurjoniy "Xorazmshoh xazinasi" kitobida nam, zax joylarga uy-joy qurganda poydevori balandroq boʻlishi, shuningdek, atmosfera havosi va ichiladigan suv tozaligini saqlash kerak deb aytgan.
Aholi yashaydigan joylarning atmosfera havosi gigiyenasi va havoni sanitariya jihatdan muhofaza qilish, suv va suv taʼminoti gigiyenasi, tuproq gigiyenasi va aholi yashaydigan joylarni tozalash, suv havzalarini sanitariya jihatdan muhofaza qilish, turar joy hamda binolar, shuningdek, davolash va profilaktika muassasalari gigiyenasi Kommunal gigiyenaning asosiy boʻlimlaridir. Kommunal gigiyena turli tekshirish usullaridan, mas, tashqi muhitni oʻrganishda fizik, kimyoviy va biologik metodlardan, tashqi muhitning organizm va kishilar sogʻligiga taʼsirini oʻrganishda fiziologik, sanitariyatoksikologik, klinik-statistik metodlar va boshqalardan foydalanadi. Sanoatda va qishloq xoʻjaligida ishlatiladigan koʻpgina kimyoviy moddalarni tajribada tekshirib, yoʻl qoʻyish mumkin boʻlgan zararsiz miqdor koʻrsatkichlarini tavsiya etadi. Kommunal gigiyena masalalari bilan Oʻzbekiston Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari hamda Epidemiologiya, mikrobiologiya va infeksion kasalliklar institutlari, shuningdek, tibbiyot institutlarining Kommunal gigiyena kafedralari shugʻullanadi. Kommunal gigiyenaning rivojida oʻzbek olimlaridan A.Z.Zohidov, Q.S.Zoirov, S.N.Bobojonov. T.I.Iskandarov, N.S.Tojiboyeva, R.U. Ubaydullayev, A.X.Komiljonovlarning xizmatlari katta. Kommunal gigiyenaga oid maʼlumotlar "Oʻzbekiston tibbiyot jurnali"da yoritib boriladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |