Kolonna (harbiy ish)
Qiyofa
Kolonna (qarbiy ishda) — harbiy xizmatchilar, mashinalar va motorlashtirilgan harbiy texnikaning birinketin joylashtirilishi. K. boʻlinma va qismlarni safar chogʻida yoki jang maydonida safga tizishda qoʻllanadi. K. harakatining oldida boruvchi harbiy xizmatchi yoki boʻlinma boshlovchi K., soʻnggida boruvchi esa oxirgi K. deb nomlanadi. K. boshidan soʻnggigacha boʻlgan masofa ichkari (lik) deb yuritiladi. Harbiy dengiz flotida K. flotning bir necha qatorga saflanishini bildiradi (yana qarang Saf, Jangovar tartib).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |