Kontent qismiga oʻtish

Kolon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kolon — Panamadagi shahar, Mansalino yarim orolda. Kolon provinsiyasining maʼmuriy markazi. Mamlakatning Karib dengizi tomonidan Panama kanaliga kiraverishdagi muhim savdo porti (erkin savdo zonasi). Aholisi 140 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Navigatsiya jihozlari, elektrotexnika buyumlari, toʻqimachilik mahsulotlari, kiyimlar ishlab chiqarish, oziq-ovqat, farmatsevtika, poligrafiya sanoati korxonalari bor. 19-asrga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan. X. Kolumbga haykal oʻrnatilgan. Shaharga 1850-yilda asos solingan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil