Kolloid kimyo
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kolloid kimyo — kimyoning dispers sistemalar xossalari, fazalararo chegara sirtlarida sodir boʻladigan hodisa va jarayonlarni oʻrganadigan boʻlimi. 19-asrning 60-yillarida mustaqil fan sifatida shakllandi. Fizik-kimyoning maxsus tadqiqot usullari: ultramikroskopiya, ultrafiltrlash, ultratsentrifugalash, dializ, elektrodializ, elektroosmos, elektroforez, dispersion analiz; nefelometriya, reologiya, elektron mikroskopiya, xromatogʻrafiya va boshqa Kolloid kimyo ta-raqqiyotida muhim rol oʻynadi. Kolloid kimyo kimyo sanoati va kimyo-texnologiyada katta ahamiyatga ega. Xom ashyoni maydalash, boyitish (flotatsiya), tindirish, choʻktirish, briketlash va donalash kabi jarayenlar dispers sistemalarda sodir boʻladi va bu jarayonlardagi hoʻllanish, kapillyarlik, adsorbsiya, sedimentatsiya, koagulyasiya, flokulyasiya kabi hodisalarni ham Kolloid kimyo oʻrganadi. Oʻzbekistonda Kolloid kimyoningrivojlanishidaakad. K. S. Axmedov rahbarligidagi ilmiy maktabning xizmati katta. Olim va uning shogirdlari tomonidan mineral dispers sistemalar (tuproq, tabiiy mineral sorbentlar, sement, keramik qorishmalar, burgʻulash eritmalari va emulsiyalari va boshqalar)ning xossalarini boshqarishda sirt faol moddalar va polielektrolitlardan ratsional foydalanish usullari ishlab chiqildi. K-4, K-9, "Uniflok", OGS kabi yangi polielektrolitlar suvni flokulyasiya yoʻli bilan qayta tozalashda, yuvindi va oqova suvlardan oltin ajratib olishda, tuproq strukturasini yaxshilashda, tuproq suvini tejashda, tuproq erroziyasiga qarshi kurashda, yerning shoʻrini yuvishda, rangli metallarni ajratib olishda, koʻchma qum va shoʻr tuproq-gruntlarning harakatini (Orol dengizi atrofida) toʻxtatishda va boshqalarda qoʻllanadi. Kolloid kimyo sohasidagi ilmiy ishlar Oʻzbekistonda Fanlar akademiyasi umumiy va noorganik kimyo institutida, Toshkent kimyotexnologiya institutida hamda Oʻzbekiston milliy universiteti ning kolloid kimyo kafedrasida olib boriladi. Ayni vaqtda tabiiy gaz, gaz kondensatlari va boshqa xom ashyolardan sirt faol moddalar, suvda eruvchan polimerlar va polielektrolitlar olish, ularni amaliyotga tatbiq qilish borasida Oʻzbekiston yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ahmedov K. S, Rahimov H. R., Kolloid ximiya, T., 1984; Frolov Yu. G., Kurs kolloidnoy ximii, 2 izd. M., 1989.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |