Koffka Kurt
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
KOFFKA (Koffka) Kurt (1886. 18.3, Berlin — 1941.22.11, Nortxempton, AQSH) — nemis-amerika psixologi, geshtaltpsixologiya asoschilaridan biri. Gisendagi universitet privat-dotsenti (1911-yildan) va professor (1918—24); 1927-yildan Nortxempton (AQSH)dagi Smit kolleji professor Geshtaltpsixologiyaning xalqaro miqyosda tarqalishiga xizmat qilgan jurnal nashr etishda qatnashdi. Bolalarning psixik rivojlanishi muammolariga bagʻishlangan tadqiqotlar olib bordi. Asosiy asarlari: "Psixik rivojlanishning asoslari" (1921), "Idrok: geshtaltnazariyaga kirish" (1922), "Geshtaltpsixologiya prinsiplari" (1935).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |