Koʻzning episkleral qatlami
Qiyofa
Episklera (lot. lamina episcleralis) - sklera (ko'zning oqsil pardasi)ning tashqi qatlami[1]. U bo'sh tortilgan, fibroz, elastik to'qimalardan iborat bo'lib, Tenon kapsulasiga yopishadi[1].
Bulbar konyunktiva va sklera o'rtasida 2 qavat tomirlar (yuzaki va chuqur episkleral tomirlar)dan tashkil topgan qon tomir chigali mavjud.
Klinik ahamiyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Episklerit ya'ni episkleral qavatning yallig'lanishida episklera va Tenon kapsulasi yallig'lanish hujayralari bilan infiltratsiyalanadi.